» » Ukrainada energetika tizimida yuzaga kelgan vaziyat tufayli favqulodda vaziyat tartibi joriy etildi

Ukrainada energetika tizimida yuzaga kelgan vaziyat tufayli favqulodda vaziyat tartibi joriy etildi


Ukraina hukumati Donbassdan yetkazib beriladigan ko‘mir ortilgan poyezdlar harakati ko‘ngillilar batalyonlari tomonidan qamal qilinganidan so‘ng energetika tizimida yuzaga kelgan vaziyat tufayli favqulodda choralarni joriy etdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Favqulodda vaziyat tartibi bir-ikki oyga mo‘ljallangan”, — deya ma’lum qildi Ukraina hukumatidagi manbalar. Mamlakat energetika vaziri Igor Nasalik iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishda uzilishlarni istisno etmadi.

Ukraina elektr stansiyalaridagi antratsit zaxiralari 842 ming tonnadan iborat, ya’ni 40 sutkaga yetadi. Favqulodda vaziyat tartibi esa antratsitdan foydalanishni cheklashni anglatadi. 

Ukraina energetika strategiyasi fondi rahbari Dmitriy Marunichning bildirishicha, mamlakat rasmiylarining xorijdan ko‘mir sotib olish rejasi amalga oshirilishi ehtimoli kam. Chunki JAR va Rossiyadan ko‘mir sotib olish qimmatga tushadi, budjet esa Donbassdan keltiriladigan ko‘mir narxi asosida shakllantirilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют