» » Samarqand xalqaro aeroportida 16 mln so‘mdan ortiq yaroqsiz tibbiy uskuna ushlab qolindi

Samarqand xalqaro aeroportida 16 mln so‘mdan ortiq yaroqsiz tibbiy uskuna ushlab qolindi


ga “Domodedovo—Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi N.M. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazorati zonasidan o‘tish vaqtida undan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishida maxsus ruxsatnoma talab qilinadigan tovarlar bor-yo‘qligi og‘zaki so‘ralgan. Fuqaro bunday tovarlar yo‘qligini aytganidan so‘ng unga tegishli bo‘lgan bagaj sumkasi xolislar ishtirokida tekshirilgan.

Natijada sumka ichidan 16 million so‘mdan ziyod tibbiyot uskunasi borligi aniqlanib, bojxona xodimlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” unitar korxonasi xulosasiga ko‘ra daliliy ashyo sifatida olingan “Elektropech vakuumnaya malogabaritnaya EVP AVERON” yozuvli tibbiyot uskunasi fuqaro N.M. tomonidan qonuniy litsenziyasiz (ruxsatnoma), sifatini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan holda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, sotish, foydalanish va tibbiy amaliyotga qo‘llashga ruxsat etilmagan uskuna sifatida aniqlangan.

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra ushbu holat bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sud ishida fuqaro N.M.ni qilmishini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlari mavjud emas, deb hisoblab, unga nistaban jazo tayinlashda muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmaganligini inobatga olib tegishli qaror chiqardi.

Fuqaro N.M. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 22719-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, sud O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 33-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, joriy yil 7 oyi davomida “Samarqand aeroporti” chegara bojxona postida 11 ta holatda 155 million 700 ming so‘mlik tibbiy amaliyotda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan tibbiyot buyumlari hamda dori vositalari olib kelinishining oldi olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют