» » “Manchester Siti” “Chelsi”ni mag‘lub etib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi (video)

“Manchester Siti” “Chelsi”ni mag‘lub etib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi (video)


Hozirgina Angliya superkubogi uchun bahs yakuniga yetdi.

Unda Londonning “Chelsi” klubi “Manchester Siti”ga qarshi kurash olib bordi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Serxio Aguero hisobni ochgan bo‘lsa, aynan uning o‘zi 58-daqiqada dublga erishib, “Siti”ning g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa “Manchester Siti” o‘z tarixida 5-bor mamlakat superkubogi sohibiga aylandi.

Angliya superkubogi

5-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 – 13 Aguero, 0:2 – 58 Aguero.

“Chelsi”: Kabalyero, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Barkli, Jorjino, Pedro (Mozes, 79), Fabregas (Drinkuoter, 60), Xadson-Odoi (Villian, 59), Morata (Abraxam, 69).

“Manchester Siti”: Bravo, Stounz (Gomes, 90), Mendi, Uoker, Laport (Otamendi, 87), Foden (Braim Dias, 76), Fernandino, Marez (Gabriel Jezus, 68), Bernardu Silva, Sane (Gundo’g‘on, 46), Aguero (Kompani, 80).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют