» » Chilonzorda fuqaro o‘z xotini va qiziga pichoq urdi

Chilonzorda fuqaro o‘z xotini va qiziga pichoq urdi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanida tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabar berishlaricha, Chilonzorning Olmazor dahasida yashovchi S.M. 3-avgust kuni mast holda turmush o‘rtog‘i R.M. va qizi N.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

IIV axborotida qayd etilishicha, pichoqbozlik o‘zaro oilaviy janjaldan so‘ng yuz bergan.

“Natijada ona-bola jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida. Pichoqboz otaga nisbatan qanday chora ko‘rilgani haqida ma’lumot berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют