» » Buxoroda “Ipak va ziravorlar” XVI festivali bo‘lib o‘tadi

Buxoroda “Ipak va ziravorlar” XVI festivali bo‘lib o‘tadi


2017-yil 26 – 28 may kunlari Buxoro shahrida “Ipak va ziravorlar” XVI festivali bo‘lib o‘tadi. An’anaviy festival doirasida turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda UzDaily nashri xabar berdi.

Shaharning tarixiy qismida bo‘lib o‘tadigan oziq-ovqat yarmarkasida mahalliy va xorijiy tadbirkorlar hamda mutaxassislar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

Festival doirasida usta hunarmandlar mahorat maktabi o‘tkazadi. Gilamdo‘zlik, kulolchilik, temirchilik va zardo‘zlik kabi milly hunarmandchilik namunalarining namoyishi bo‘lib o‘tadi. Qo‘chqor urishtirish, xo‘roz urishtirish, dorbozlik kabi milliy o‘yinlar namoyish etiladi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va “Hunarmand” hunarmandlar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda yosh dizaynerlar tomonidan atlas va adrasdan tayyorlangan kiyimlar namoyishi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, viloyatlarning folklor jamoalari ishtirokida konsert hamda yosh va iqtidorli san’atkorlar ijrosida gala-konsert bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментарии (1)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют