» » 5-avgust kuni 1443 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi

5-avgust kuni 1443 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi


Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining beshinchi kuni ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi, Bu haqda O‘zA Aziz Abduhakimovga tayanib xabar bermoqda.

Aziz Abduhakimovning Facebook’dagi sahifasida qayd etilishicha, 5-avgustdan havo haroratining ko‘tarilishi sababli abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylarda o‘rinlar soni ko‘paytirilgan va u yerda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko‘rinishda yoritib borilgan.

Test sinovlari 18 ta oliy ta’lim muassasalarining 98 ta ta’lim yo‘nalishida o‘tkazildi va ularda 57 ming 728 nafar abituriyent ishtirok etdi. Turli sabablarga ko‘ra 1443 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan.

Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 292 nafar abituriyent, shundan 161 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 131 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 18:30 dan qaytarish boshlandi. So‘nggi materiallar Farg‘ona vodiysi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan kechasi 2:00 da yetib keldi.

Yetib kelgan test natijalari bo‘yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlandi.

5-avgust test natijalari 6-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют