» » O‘zbekistonda ko‘cha chiroqlari va yo‘l belgilari energiyaning muqobil manbalariga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ko‘cha chiroqlari va yo‘l belgilari energiyaning muqobil manbalariga o‘tkaziladi


O‘zbekistonda ko‘cha chiroqlari va yo‘l belgilari bosqichma-bosqich energiyaning muqobil manbalariga o‘tkaziladi, deb yozadi Spot Vazirlar Mahkamasining avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi qaroriga tayanib.

Dastlabki sinov loyihalari 2019-yildayoq amalga oshiriladi. “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi bo‘ylab uzunligi 5 kilometr bo‘lgan M-39 avtomobil yo‘llari uchastkalarini va “Guliston — Dashtobod” yo‘nalishi bo‘ylab uzunligi 5 kilometr bo‘lgan M-34 avtomobil yo‘llari uchastkalarini quriladi hamda rekonstruksiya qilinadi.

Energiyaning muqobil manbalari asosida ko‘cha chiroqlari va yo‘lni tartibga soluvchi texnik vositalar, svetodiodlar va nur qaytargichlardan foydalangan holda yo‘l belgilari, shuningdek, avtomobil yo‘llari atrofidagi hududlar landshaftini loyihalashtirish va ularni ko‘kalamzorlashtirishning zamonaviy elementlari o‘rnatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda yo‘l bo‘yidagi infratuzilma obyektlarini qurish uchun tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari berish, shuningdek, ularning zimmasiga avtomobil yo‘llari atrofidagi hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obod qilish majburiyatlari yuklandi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklifni ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Yo‘l belgilarini, yo‘l ustiga tortiladigan chiziqlar va yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa elementlar uchun bo‘yoqlar va termoplastni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etiladi.

Yo‘l infratuzilmasini loyihalashtirish va undan foydalanish sohasidagi Sindao shahrining Loyihalash va rejalashtirish instituti (Xitoy Xalq Respublikasi) bilan hamkorlikni tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют