» » Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 142 nafarga yetdi

Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 142 nafarga yetdi


Indoneziyaning Lombok orolida yuz bergan zilzila oqibatida kamida 142 kishi halok bo‘ldi, deya “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Indoneziyaning tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish agentligi vakilining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila orolning shimoliy qismiga katta talafot yetkazgan. Ma’lum qilinishicha, qutqaruvchilar ayrim hududlarga hali yetib bormagani sababli qurbonlar soni xabar qilinganidan ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Mataram shahrida ko‘plab binolarning zarar ko‘rgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 5-avgust yakshanba kuni orolda 6,9 balli zilzila yuz bergan. Avvalroq 80 nafar, keyin esa 91 nafar qurbonlar haqida xabar qilingan. Yer silkinishlari qo‘shni Bali orolida ham sezilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Balida 2 kishi halok bo‘lgan.

Bu bir hafta ichida Balida yuz bergan ikkinchi zilziladir. 29-iyul, yakshanba kuni orolda 6,4 balli yer silkinishlari qayd etilgan. Shu kuni mahalliy hukumat 10 kishining halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgan. 30-iyul, dushanba kuni qurbonlar soni 14 taga yetgan. Mingdan ortiq binoga ziyon yetgan. Zilzila 7 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют