» » Qora nondan voz kechmaslik uchun 8 ta sabab

Qora nondan voz kechmaslik uchun 8 ta sabab


Ko‘pchilik parhezlar uglevodlarni (bunga non ham kiradi) cheklashga asoslangan. Haqiqatan ham shirin kulcha va oq nonlar vaznni oshirishga yordam beradi. Lekin qora va javdari nondan butunlay voz kechish yaramaydi. Buning sabablari bilan tanishing.

Organizmga ko‘pincha, ayniqsa qishda kletchatkalar yetishmaydi. Kletchatka organizmda vaznni nazorat qilib turuvchi to‘qlik hissini uyg‘otadi. Bir bo‘lak qora non tarkibida uch grammgacha kletchatka mavjud.

Non tarkibida qondagi insulin miqdorini va yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiruvchi B guruhiga mansub bo‘lgan ko‘plab vitaminlar bor.

Non tarkibidagi tiamin, riboflavin, niatsin tanaga uglevodlarni parchalashda va energiyaga aylantirishda yordam beradi. B6 vitamini asab tizimi faoliyatiga, foli kislotasi esa organizmning tiklash faoliyatiga yordam beradi.

Meva va sabzavotlar kabi qora non ham murakkab uglevodlarga kiradi. U ancha vaqtda hazm bo‘ladi va qondagi qand miqdorini ushlab turadi.

Temir qon hujayralariga kislorod yetkazish jarayonining bevosita ishtirokchisi hisoblanadi. Bu elementning yetishmasligi oqibatida anemiya, charchoqlik va nafas qisish kasalliklari kelib chiqadi.

Sendvich bilan nonushta qilishdan unchalik qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi, chunki kaloriyasi unchalik ko‘p emas.

Sendvich va buterbrodlar — eng qulay yegulik (lanch) hisoblanadi. Ularni bemalol uyda tayyorlashingiz va ishda yoki yo‘lda yeyishingiz mumkin.

Parhezingizdan sizga yoqadigan oziq-ovqatlarni butunlay chiqarib tashlash yaramaydi. Shuni esda tutingki, o‘zingizni qancha ko‘proq chegaralasangiz shuncha ko‘p yeb qo‘yasiz.

Manba: internet tarmoqlari materiallaridan 

Опубликовано: admin (16-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют