» » Italiya kompaniyasi Toshkentda chiqindilarni qayta ishlaydigan zavod quradi

Italiya kompaniyasi Toshkentda chiqindilarni qayta ishlaydigan zavod quradi


Toshkent shahar hokimligida Italiyaning Waste to energy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu kompaniya poytaxtda kuniga 1200 tonna qattiq maishiy chiqindini elektr va issiqlik energiyasiga aylantiruvchi zavod qurishni taklif etmoqda. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan ilg‘or texnologiyalar zavodning aholi punktlari va maktablar yaqinida xavfsiz ishlashiga imkon beradi.

Kelajakda kelib tushayotgan xom ashyolardan eko-mahsulotlar (plastik paketlar, bir marta ishlatiladigan idishlar, mebel) ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha istiqbolli hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 186 ta chiqindilarni ko‘mish poligonlari mavjud bo‘lib, ularda 33,4 million tonna chiqindi joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют