» » Toshkent viloyatida o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab ma’muriyatiga nisbatan chora ko‘rildi

Toshkent viloyatida o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab ma’muriyatiga nisbatan chora ko‘rildi


3-avgust, payshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari maktab ma’muriyati tomonidan majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabar va fotolavhalar muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi mazkur holatga aniqlik kiritdi. Bu haqda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, chindan 1-avgust, chorshanba kuni maktab hududini obodonlashtirish ishlariga 15 nafar pedagog-xodim jalb etilgan.

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan 4-avgust, shanba kuni 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 349-son “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan mamlakatda majburiy mehnatga jalb qilish taqiqlangani aytib o‘tildi.

6-avgust, dushanba kuni Yangiyo‘l tuman Xalq ta’limi bo‘limiga maktab ma’muriyatiga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish haqida taqdimnoma kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют