» » O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Seni yaxshi ko‘ramiz, O‘zbekiston!” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Seni yaxshi ko‘ramiz, O‘zbekiston!” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi


Yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining buyurtmasi asosida “Akademnashr” nashriyoti tomonidan “Seni yaxshi ko‘ramiz, O‘zbekiston!” kitobi chop etildi, deb yozadi O‘zA.

Undan publitsistlar qatorida iqtidorli yosh jurnalist Elmurod Nishonovning  hayotiy kuzatishlar asosida yozgan maqolasi ham joy olgan. U 2009-yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagandan so‘ng iqtidorini matbuotda sinab ko‘rdi. Tinmay o‘z ustida izlanishi va ijodiy muhitdan bahramand bo‘lishi yosh ijodkorga katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Hozir u “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari.

Ushbu kitobning chop etilishi biz, yosh qalamkashlarga katta rag‘batdir. “Dunyoga bo‘ylashgan o‘zbek o‘g‘loni” publitsistik ruhdagi maqolam tengdoshlarimning maqolalari qatorida saralangani menga bildirilgan katta ishonch, deb bilaman.

Elmurod Nishonov, “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan mazkur kitob taqdimotida yozuvchi va olimlar, shoirlar va adabiyot ixlosmandlari qatnashdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan navqiron ijodkorlar ijodiy safarlarda bo‘lib, ularning kuzatuvi bo‘yicha yozilgan maqolalarda yurtimiz jamoli, uning tabiati, viloyatlardagi o‘zgarishlar va yangiliklar, tanti va mehnatkash odamlar haqida hayotiy haqiqatni ko‘rish mumkin.

  Suvon Meliyev, adabiyotshunos

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют