» » Qashqadaryodagi tuman MIB boshlig‘i pichoq bilan yetkazilgan jarohat asoratlari oqibatida vafot etdi

Qashqadaryodagi tuman MIB boshlig‘i pichoq bilan yetkazilgan jarohat asoratlari oqibatida vafot etdi


Yakkabog‘ tuman bo‘limi sobiq davlat ijrochisi I.Shavkatov u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi sababli xizmat xonasidan o‘ziga tegishli buyumlarni olib ketish maqsadida bo‘limga kelib, bo‘lim boshlig‘i Bahrom Jo‘rayev bilan tortishib qolib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘ini qorin sohasiga bir marotaba sanchib, unga tan jarohati yetkazganligi oqibatida Bahrom Jo‘rayev Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan 3-may kuni Jinoyat kodeksining 25- va 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi I.Shavkatovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi 18-bo‘lim tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bahrom Jo‘rayev 4-maydan hozirgi kunga qadar kasallik ta’tilida bo‘lgani holda davolanib kelib, sog‘ligi yomonlashgani bois, 13-iyul kuni Toshkent shahriga keltirilgan.

Biroq, Bahrom Jo‘rayev 1-avgust kuni soat 21:30 da Toshkent shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazining jonlantirish bo‘limida vafot etgan, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan “Daryo”ga taqdim etilgan axborotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 66) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют