» » OAV: Pentagon birinchi marotaba Suriyada quruqlikdagi operatsiyani o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

OAV: Pentagon birinchi marotaba Suriyada quruqlikdagi operatsiyani o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda


AQSh birinchi marotaba Suriyaning shimoliy qismiga quruqlikdagi jangovar qo‘shinlarni jo‘natish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib, CNN telekanali ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TJournal.

Vazirlikka ko‘ra, Suriyaga quruqlikdagi qo‘shinlarni jo‘natish ehtimoli IShIDga qarshi kurashni jadallashtirish maqsadida ko‘rib chiqilmoqda.

Masala ijobiy hal etilgan, ya’ni prezident Donald Tramp tomonidan ma’qullangan taqdirda amerikalik harbiylar mamlakatda “ma’lum vaqt davomida” bo‘lib turishi mumkin.

Quruqlikdagi missiyaning aniq nishonlari hozircha ma’lum emas. Telekanal kuchlarning bir qismi Kuvaytda joylashtirilishi va keyinchalik Suriyaga tashlanishi mumkinligini taxmin qildi. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют