» » Usama bin Ladenning o‘g‘li 2001-yil 11-sentabrda AQShda samolyotlardan birini egallab olgan terrorchining qiziga uylandi

Usama bin Ladenning o‘g‘li 2001-yil 11-sentabrda AQShda samolyotlardan birini egallab olgan terrorchining qiziga uylandi


Usama bin Ladenning onasi va o‘gay ukalari “Al-Qoida” asoschisining o‘g‘illaridan biri ushbu terrorchilik tashkilotining 2001-yil 11-sentabrda AQShda to‘rtta samolyotni qo‘lga olishda ishtirok etgan a’zosi — Muhammad Attaning qiziga uylangani haqida gapirib berdi. Bu haqda ular The Guardian jurnalisti Martin Chulovga intervyu chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Hamza bin Laden — Usama bin Ladenning 25 ga yaqin farzandlari ichida eng kenjasi. Uning onasi Ladenning uchinchi xotini bo‘lib, u bilan 2011-yil Amerika maxsus operatsiyasi chog‘ida o‘ldirilgan Abbotobod (Pokiston) shahrida birga yashagan.

2014-yilda Hamza “Al-Qoida” tarkibiga kirgan, uch yildan so‘ng AQSh uni mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi teraktlarni amalga oshirishga uringanlikda ayblab, xalqaro terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi. 2017-yil mayida Ariana Grandening Manchesterdagi konserti chog‘ida portlash yuz berishidan o‘n kun avval, “Al-Qoida” Hamza bin Ladenning teraktlarga da’vat qiluvchi gaplaridan iborat audioyozuvni tarqatgan edi.

Hamza bin Ladenning rafiqasi haqida hech narsa, hatto uning ismi ham ma’lum emas. Uning otasi, misrlik Muhammad Atta AQShda 2001-yil 11-sentabrda to‘rtta yo‘lovche laynerini qo‘lga olib, ularni Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi va Vashingtondagi Pentagon binolariga borib urgan 19 nafar xudkushdan biri bo‘lgan. Atta hamtovoqlari bilan Bostondan Los-Anjelesga uchayotgan samolyotni egallab olgan. Muhammad Atta hech qachon uylanmagan va farzandlari bo‘lmagan, deb hisoblanilgan; uning qizi borligi haqidagi ma’lumot kutilmagan yangilik bo‘ldi.

The Guardian yozishicha, Hamza bin Laden hamda Muhammad Attaning qizi o‘rtasidagi nikoh Usama bin Laden va 11-sentabr teraktlari tashkilotchilari o‘limidan keyin ham “Al-Qoida” tuzilmasida asosiy shaxslar bo‘lib qolayotganini tasdiqlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют