» » O‘zbekiston soliq organlaridagi ariza harakatini onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston soliq organlaridagi ariza harakatini onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi


Davlat soliq qo‘mitasida yana bir muhim yangilik amaliyotga tatbiq qilinadi, deya Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Endi ariza muallifi o‘zining “shaxsiy kabineti” orqali bergan arizasining kirim qilinganidan tortib, ro‘yxatga olinishi, rahbar tomonidan ko‘rib chiqilishi, keyingi ijrochisi kimligi va qaysi bosqichdaligini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu yangilikni joriy etish bo‘yicha tegishli texnik topshiriq ishlab chiqilgan bo‘lib, yaqin kunlarda uni ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Mazkur amaliyotning ahamiyati, ayniqsa, mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarning qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqishda juda muhim bo‘lib, so‘nggi vaqtlarda tadbirkorlarning o‘rinli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi. Joriy yilning o‘tgan davrida Davlat soliq qo‘mitasiga 353 mlrd so‘mlik 151 ta ana shu mazmundagi arizalar kelib tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют