» » O‘zbekistonda terminalsiz savdo qilish taqiqlandi. Taqiq 1-martdan kuchga kiradi

O‘zbekistonda terminalsiz savdo qilish taqiqlandi. Taqiq 1-martdan kuchga kiradi


O‘zbekistonda 1-martdan boshlab chakana savdo va pulli xizmatlarni ko‘rsatish sohasida aholidan plastik kartalar orqali to‘lovlarni qabul qilish uchun hisob terminallari bilan ta’minlanmagan tadbirkorlik subyektlari, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga faoliyat olib borish taqiqlandi.

Bu haqda, “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 15-fevraldagi pul bilan bog‘liq munosabatlarni takomillashtirish va plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorida so‘z boradi.

Davlat soliq qo‘mitasiga tijoriy banklar, Banklar assotsiatsiyasi va Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan hamkorlikda 10 kun ichida chakana savdo va pulli xizmat ko‘rsatish obyektlarini terminallar mavjudligi bo‘yicha inventarizatsiyadan o‘tkazish vazifasi topshirilgan. Yetishmayotgan terminallar qisqa muddatlarda yetkazib berilishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi va uzluksiz elektr bilan ta’minlash uchun texnik vositalar bilan ta’minlanishi zarur.

Farmonda belgilanishicha, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari naqd yoki karta orqali hisob-kitob qilish shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirsa yoki tushirsa, bunday harakat hisob terminallarini joriy etish yuzasidan belgilangan tartiblarning buzilishi sifatida baholanadi, eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Soliq organlari tomonidan o‘tkaziladigan narxlarning sun’iy ko‘tarilishi yoki tushirilishi, nazorat-kassa mashinalari va hisob terminallaridan foydalanish, talon va cheklarning berilishi va naqd pul tushumini to‘liq hajmda topshirish masalalari bo‘yicha tekshiruvlar Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining maxsus ruxsatini talab qiluvchi soliq tekshiruvi hisoblanmaydi.

Farmonda Markaziy bankka terminallarni ijaraga berish va ulardan tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilishi mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va yanada qulay sharoitlarni yaratish vazifasi topshirilgan.

Tadbirkorlik subyektlari iste’mol ehtiyojlari va ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantirish hamda naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirish maqsadida Markaziy bankka xalqaro amaliyotdan foydalangan holda aholini plastik kartochkalardan foydalangan holda qisqa muddatli kreditlashning zamonaviy mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi.

Banklarga joriy va kelgusi yil istisno qilingan holatda to‘lov terminallari, infokiosklar, bankomatlar va boshqa uskunalar importiga tender-tanlov savdolarini o‘tkazmasdan shartnomalarni tuzishga ijozat berildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga “O‘zbekenergo” kompaniyasi bilan birgalikda chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini sifatli va uzluksiz aloqa bilan ta’minlash, bunda O‘zbekistonning tog‘li va uzoq hududlariga alohida e’tibor qaratish vazifasi topshirildi.

Prezident Devonining Murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati banklarda hisob raqamlardan naqd pullarni berish va plastik kartochkalardan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarga oid shikoyatlar ustidan nazoratni kuchaytiradi.

“Ularni bartaraf etish va aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha chora-tadbirlar uch kunlik muddatda amalga oshirilishi lozim”, — deya farmondan iqtibos keltiradi “Gazeta.uz”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют