» » Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga AQShdan o‘zbekistonlik mutaxassis taklif qilindi

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga AQShdan o‘zbekistonlik mutaxassis taklif qilindi


Yana bir o‘zbekistonlik vataniga qaytdi. U Turizmni rivojlantirish qo‘mitasida yetakchi lavozimlardan birini egalladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma‘lum qilgan.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining raisi birinchi o‘rinbosari lavozimini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. Qosimxo‘jayev qo‘mitada faoliyat olib borish uchun AQShdan taklif qilingan.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev 1978-yili Andijonda tug‘ilgan. 2000-yili AQShdagi Peys universiteti bakalavriatini “Biznesni boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2007-yili AQShdagi Barri universiteti magistraturasining “Sarmoyalar” yo‘nalishini tugatgan. 2007—2013-yillarda AQShdagi Barri va Zanderberd universitetlarida dars bergan.

2014-yili Ulug‘bek Qosimxo‘jayev AQShda turizm va sarmoyalar bo‘yicha o‘zining shaxsiy biznesini ochgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют