» »  “Manchester Siti” Jo Hartni “Byornli”ga sotib yubordi

 “Manchester Siti” Jo Hartni “Byornli”ga sotib yubordi


“Manchester Siti” darvozaboni Jo Hart faoliyatini APLning boshqa bir klubi “Byornli”da davom ettiradigan bo‘ldi.

31 yoshli Hart yangi klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Avvalroq “Byornli” Jo uchun “shaharliklar” g‘aznasiga 3,5 million yevro o‘tkazib berishi xabar qilingandi.

Darvozabon o‘tgan mavsumni “Vest Hem”da ijara asosida o‘tkazgandi. Hart Angliya premyer-ligasining 19 ta uchrashuvida qatnashib, o‘z darvozasidan 39 ta gol o‘tkazib yuborgan.

“Siti”da esa umumiy hisobda 12 yil o‘ynadi va bu davrda 2 bor Angliya chempionligi hamda Liga kubogini, shuningdek, 1 marta  mamlakat kubogini yutishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют