» » Andijonda 6 oyda salkam 2 ming ajrim qayd etildi

Andijonda 6 oyda salkam 2 ming ajrim qayd etildi


Andijon viloyatida joriy yilning birinchi yarmida 1 ming 550 dan ortiq oila ajralib ketishining oldi olindi, 1 ming 973 ta ajrim qayd etilgan. Bu haqda Andijon tumanida o‘tkazilgan “Ibratli hayot maktabi” nomli tadbirda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Andijon viloyati boshqarmasi rahbari L.Jalolova ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda FHDYo bo‘limlari mudirlari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining xotin-qizlar qo‘mitalari boshlang‘ich tashkilotlari raislari, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari, otinoyilar, fuqarolar yig‘inlari qoshidagi “Qaynonalar kengashi” jamoatchilik tuzilmalari, yarashtirish komissiyalari raislari, faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda oilaviy ajrimlar, u bilan bog‘liq nizolarni bartaraf etish, noqonuniy nikoh, ayollar jinoyatchiligining oldini olish masalalari xususida fikr almashildi.

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar hamda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman va shahar bo‘limlari mutaxassislari hamkorligida ajrimlarning sabab va omillari o‘rganib chiqilgani qayd etildi. Jumladan, ajrimlarning aksariyatiga qaynona-kelin, quda-anda va oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, farzandsizlik, qonuniy nikohi bekor bo‘lmasdan boshqa ayolga shar’iy nikoh asosida uylanib olish holatlari sabab bo‘lmoqda.

Seminarda oilalarni mustahkamlash, ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, noqonuniy, erta turmush va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, ayollar bilan bog‘liq jinoyatchilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют