» » Markaziy Osiyo uchun yagona viza joriy etilishi mumkin

Markaziy Osiyo uchun yagona viza joriy etilishi mumkin


Yaqin istiqbolda Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona viza joriy etilishi ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining birinchi yarim yillikdagi faoliyati va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Hozircha ushbu tashabbus O‘zbekiston va Qozog‘iston rasmiylari o‘rtasida muhokama qilingan bo‘lsada, yaqin qo‘shnilar Tojikiston va Qirg‘iziston ham bunga katta qiziqish bildirmoqda.

Tashkilotchilar bu tashabbus O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Silk road visa xorijlik mehmonlarga qadimiy Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharlar tarixi bilan yaqindan tanishish va bugungi kunidan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Shuningdek, tadbirda qo‘mita tomonidan Tashqi ishlar vazirining vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют