» » SamDU o‘qituvchisi abituriyentdan 12 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

SamDU o‘qituvchisi abituriyentdan 12 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi


SamDU o‘qituvchisi abituriyentdan 12 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand IIB matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Samarqand IIBga kelib tushgan arizada Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi ikki nafar abituriyentni universitetga kiritib qo‘yish uchun 12 ming AQSh dollari so‘ragani ma’lum qilingan.

IIB xodimlari ariza asosida tezkor tadbir o‘tkazgan. Samarqand davlat universiteti kasbiy ta’lim fakulteti o‘qituvchisi 12 ming dollar miqdorida pora olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Bu Samarqand davlat universiteti o‘qituvchilarining pora ustida qo‘lga olinganining birinchi holati emas. 2016-yili 2 nafar abituriyentdan 16 ming dollar talab qilgan dotsent, assistent va talabadan iborat guruh qo‘lga olingan. 2017-yili universitet dekanlaridan biri 23 ming dollar miqdorida pora olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют