» » Xitoy Kim Chon Namni 2000-yildan beri qo‘riqlab kelgan

Xitoy Kim Chon Namni 2000-yildan beri qo‘riqlab kelgan


Xitoy maxsus xizmatlari KXDR yetakchisi Kim Chen Inning xorijda yashagan va Malayziyada o‘ldirilgan akasi Kim Chon Namni taxminan 2000-yildan boshlab qo‘riqlab kelgan. Bu haqda Yaponiyaning Sankei Shimbun gazetasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Nashrga ko‘ra, Kim Chon Nam vaziyat o‘zgargan taqdirda KXDR asoschisi Kim Ir Sen va otasi, mamlakatning sobiq rahbari Kim Chen Irning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorisi sifatida Pxenyanda hokimiyatga da’vogarlik qilishi mumkin edi. 

Kim Chon Nam so‘nggi yillarda Pekin, Makao va Singapurda istiqomat qilib kelgan va bu shaharlarning har birida oilasi hamda farzandlari bo‘lgan. Uning hayot kechirishi uchun zarur mablag‘ni Xitoy bilan bog‘liq kompaniyalar ta’minlab kelgani bildirilmoqda. 

Xitoyda bo‘lgan vaqti Kim Chon Nam nisbatan emin-erkin yurgan, biroq Singapur yoki Makaoga safarlari davomida uni va yaqinlarini Pekindan jo‘natilgan guruhlar qo‘riqlab turgan. 

“Biroq bu gal negadir qo‘riqlash tizimi ish bermagan. Kuala-Lumpur aeroportidagi qasd aks etgan manbalarda qo‘riqchilarga o‘xshash hech kim qayd etilmagan”, — deb yozadi yapon nashri.

Gazeta shundan kelib chiqib, Xitoy qandaydir sabablarga ko‘ra Kim Chon Namni o‘ziga yaqin olishdan voz kechgan bo‘lishi ham mumkin, degan taxminni ilgari surgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют