» » “Taksi” filmi yulduzi Sami Naseri Moskvadagi karaoke-klublardan birida kaltaklandi

“Taksi” filmi yulduzi Sami Naseri Moskvadagi karaoke-klublardan birida kaltaklandi


“Taksi” filmidagi roli orqali tanilgan aktyor Sami Naserini Moskvadagi karaoke-klublaridan birida do‘pposlashdi. Shifokorlar aktyorga bosh miyaning yopiq shikastlanishi tashxisini qo‘ygan. Bu haqda “Interfaks”ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Naserini shifoxonada olib qolishga zarurat bo‘lmagan. Tekshiruvlardan keyin aktyor shifoxonani tark etgan.

Aktyor klubdagi janjalga aralashib qolgan. Mushtlashuvda raqibi Naserining yuziga urgan. Aktyor voqeaning ertasiga shifoxonaga borgan.

Voqea vaqtida aktyorning akasi ham klubda bo‘lgan, unga hech qanday jarohat yetmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari ayni paytda voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют