» » Original “Dendi” ikki kunda savdo hajmi bo‘yicha PlayStation 4 va Xbox’ni ortda qoldirdi

Original “Dendi” ikki kunda savdo hajmi bo‘yicha PlayStation 4 va Xbox’ni ortda qoldirdi


Yangilangan Nintendo Entertainment System (NES) pristavkasi savdolar hajmi bo‘yicha PlayStation 4 va Xbox’ni ortda qoldirdi, deb yozadi Spot Business Insider’ga tayanib.

Original pristavkaning qayta ishlangan versiyasi shu yilning iyunida eng ko‘p sotilgan o‘yin konsoli bo‘ldi.

NES 29-iyundan sotuvga chiqqanini hisobga olsak, pristavkaga savdo hajmi bo‘yicha qolgan shunday mahsulotlardan o‘zib ketish uchun ikki kun yetarli bo‘lgan.

Albatta, zamonaviy konsollar NES’dan farqli o‘laroq, 60 dollar turmaydi, bu esa savdo hajmi osonlik bilan oshishi sababini izohlaydi.

Shunga qaramay, NES Classic Edition’ning muvaffaqiyati hayratlanarli, deyiladi xabarda.

Original NES konsoli 80-yillar o‘rtalarida paydo bo‘lgan. 2016-yilda Nintendo kompaniyasi uni qaytadan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Yangi model ancha ixchamroq bo‘lib, kartridjlarni talab qilmaydi. NES uchun klassikaga aylangan 30 ta o‘yin konsolning xotirasiga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют