» » Toshkentda “Diqqat, radar!” belgilari o‘rnatilmoqda

Toshkentda “Diqqat, radar!” belgilari o‘rnatilmoqda


Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining topshirig‘iga binoan shahar yo‘llarida “Diqqat, radar!” belgilari o‘rnatilmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu belgilar ostidagi hududlarda statsionar yoki mobil radarlar o‘rnatilgan.

Mazkur qurilmalar avtomatik ravishda real vaqt rejimida tezligi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgan transport vositalarini aniqlaydi va uning raqami, voqea sanasi va vaqti hamda manzilini “O‘zbekiston pochtasi” Toshkent shahar filialining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradi. Qoidabuzarga bu haqda pochta orqali ma’lumot yuboriladi.

Bu qoidabuzar va YPX xodimining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishiga imkon qoldirmaydi va korrupsiyaning oldini olgan holda tomonlarning vaziyatga aralashuviga chek qo‘yadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют