» » Qrim vakillari O‘zbekiston bilan charter aviaqatnovi o‘rnatilishi tashabbusi bilan chiqmoqda

Qrim vakillari O‘zbekiston bilan charter aviaqatnovi o‘rnatilishi tashabbusi bilan chiqmoqda


“Qrim birligi” mintaqaviy jamoatchilik tashkiloti vakillari Simferopol va Toshkent o‘rtasida charter aviaqatnovi yo‘lga qo‘yilishi tashabbusi bilan chiqmoqda. Bu haqda tashkilot raisi Seytumer Nimetullayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

U mazkur masala ikki davlat tashqi siyosiy mahkamalari darajasida ko‘rib chiqilishini bildirdi.

“Xotirlash kunlari bor. Hamyurtlarimizning ko‘plab qarindoshlari O‘zbekistonda ko‘milgan. Qolaversa, O‘zbekistonda yashayotgan Qrim tatarlari yarim orol kurortlarida dam olishga intiladi, deb o‘ylayman”, — deydi Seytumer Nimetullayev.

“Qrim birligi” raisiga ko‘ra, ushbu tashabbusni Rossiya Davlat dumasi deputati Ruslan Balbek qo‘llab-quvvatlashni va’da qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют