» » O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning metall parchalaridan daromad olish tartiblariga oydinlik kiritildi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning metall parchalaridan daromad olish tartiblariga oydinlik kiritildi


Ayrim fuqarolar tomonidan rangli metall parchalari va chiqindilarini, tarkibida rangli metallar bo‘lgan tayyor mahsulotlarni respublikadan noqonuniy ravishda olib chiqib ketish holatlari oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-iyundagi 425-son qaror qabul qilindi. Mazkur hujjatga ko‘ra jismoniy shaxslar ham rangli metall chiqindilari va parchalarini erkin narxlarda sotib, qonuniy daromad olish imkoniga ega bo‘ldi.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston hududida rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash bilan faqat “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ shug‘ullanishi belgilandi. Mazkur qarorning mazmun-mohiyati bilan batafsil tanishish maqsadida “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ Tayyorlov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mirmaqsud Mirpo‘latov bilan intervyu uyushtirildi.

– Aytingchi, qarorni qabul qilishdan asosiy ko‘zlangan maqsad nima?

–Mazkur Qaror rangli metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish, respublika iqtisodiyoti sohalarining xo‘jalik faoliyati jarayonida va aholining hayot faoliyati davomida hosil bo‘luvchi metallar parchalari, chiqindilarining ikkilamchi resurslaridan keyinchalik yuqori qo‘shimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish uchun chuqur qayta ishlash jarayoniga jalb qilish yo‘li bilan ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsad qilingan.

Qarorga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab tashkilotlarning tugatilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi tartibotlarini o‘tkazish davomida hisobdan chiqariladigan tarkibida rangli metallar bo‘lgan tabiiy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalar “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga erkin narxda topshirilishi kerak.

– Bugun jismoniy shaxslarga bu borada qanchalik qulaylik yaratilgan?

– Bugun Respublikamizning barcha hududlarida “O‘zikkilamchiranglimetall” AJning qabul punktlari tashkil etilgan bo‘lib, unga fuqarolar murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Qabul qilingan metall parchalari uchun to‘lov pul mablag‘lari bilan bozor asosida aniqlanadigan erkin narxlar bo‘yicha, yuridik shaxslar uchun – naqdsiz shaklda, jismoniy shaxslar uchun – naqd shaklda, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq to‘lovning boshqa usullarida amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan maishiy maqsaddagi rangli metall parchalari ro‘yxatiga 84 turdagi mahsulot kiritilgan.

– Aytaylik, ko‘chada ketayotgan odam yo‘ldan temir yo‘l izini topib oldi, uni ham topshirishi mumkinmi, umuman olganda topshirilishi taqiqlangan metallar ro‘yxati ham mavjudmi?

–  Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra jismoniy shaxslardan rangli va qora metallarning elektr texnikasi, sanoat, harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan parcha va chiqindilarini shuningdek temiryo‘l, harakatdagi tarkiblar va aviatsiya transporti qismlarini sotib olish taqiqlanadi.

– Taqiqlangan metallarni topshirishga uringan shaxslarga nisbatan qanday jazo qo‘llaniladi?

O‘zRning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 219-1-moddasiga asosan Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallarni, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish — rangli metallarni, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu holat ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — O‘zRning Jinoiy Kodeksi 185-1 moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi va eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.  O‘sha qilmishlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) ko‘p miqdorda;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

a) juda ko‘p miqdorda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

– Aytaylik, fuqaro tomonidan taqiqlangan metall olib kelindi va uning topib olinganligi aytildi, bu holda biror rag‘bat ko‘zda tutilganmi?

– Avvalo yuqorida nomlari kelitirlgan sotib olishga taqiqlangan metallar hech qachon qarovsiz ko‘chada yotmaydi. Shunday bo‘lsada, taqiqlangan metall topib olinganligi vaj qilib ko‘rsatilib olib kelingan taqdirda, mazkur metall topib kelinganligi bo‘yicha huquq-tartibot organlari tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib boriladi. Agar mazkur metall rostan ham topilganligi isbotlansa u shaxsga nisbatan hech qanday jazo ham rag‘bat ham berilmaydi. Agar metall o‘g‘irlangan deb topilsa unday shaxslarga nisbatan tegishli jazo qo‘llaniladi.

 — Barcha shaxslar metallolom topshirish huquqiga egami?

– Qarorga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxslardan metall parchalarini qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslardan metal parchalarini qabul qilishga qonuniy vakillarining ularning pasportiga oid ma’lumotlar va yashash manzillari ko‘rsatilgan yozma roziligi mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.

Bugun rangli metall chiqindilarini topshirish bo‘yicha Yagona ishonch telefoni +99871 207-00-30 yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib u orqali fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют