» » Lada O‘zbekistondagi avtomobillari narxini oshirmasligi ma’lum qilindi

Lada O‘zbekistondagi avtomobillari narxini oshirmasligi ma’lum qilindi


GM avtomobillari narxi bilan bog‘liq mavhumlikka qaramay, O‘zbekistondagi boshqa kompaniyalar, jumladan, Lada mashinalari narxini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmagan. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

“Lada o‘z avtomobillari narxini oshirishni rejalashtirmagan. Faqat 31-avgustgacha amalda bo‘ladigan chegirmalar shartlari o‘zgarishi mumkin”, — deydi kompaniya vakillari.

Shuningdek, Lada sherigi Soft Leasing bilan hamkorlikda avtomobillarini xarid qilishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar uchun lizing dasturini taqdim etmoqda. Bunda boshlang‘ich badal 30 dan 50 foizgacha, lizing muddati esa 13 oydan 36 oygacha iborat bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Lada mashinalari sotuvi hajmi joriy yil birinchi yarmida 2017-yilga nisbatan uch marotaba oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют