» » Yog‘li oziq-ovqatlarni yeb ozish mumkinmi? 

Yog‘li oziq-ovqatlarni yeb ozish mumkinmi? 


“Yog‘larni yeng va ozing” (Eat Fat, Get Thin) kitobining muallifi doktor Mark Xayman ozish uchun albatta yog‘li oziq-ovqat iste’mol qilish kerakligiga ishonchi komil. Uning fikricha, to‘g‘ri ovqatlanishning 5 ta asosiy qoidalari mavjud bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi aynan tarkibida yetarli miqdorda yog‘lar bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilishga asoslangan.

Xayman parhezida ovqatning 70—80 foizi sabzavotlar, donlar, dukkaklilar va mevalardan iborat bo‘lishi lozimligi ko‘zda tutilgan.

Muallifning aytishicha, sayohatlar vaqtida boshqa zararli mahsulotlarni yeb qo‘ymaslik uchun doimo o‘zi bilan paketchada yong‘oq olib yurar ekan. “Yog‘ va oqsil — mening tamaddim”, — deydi u.

Zaytun yog‘i yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shuningdek, ba’zi tekshirishlar xolesterinning umumiy miqdorini ham kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Zaytun yog‘i boshqa o‘simlik yog‘lari singari yetarlicha kaloriyali bo‘lgani uchun uni bemalol saryog‘ va margarinning o‘rniga ishlatish mumkin.

Losos, makrel va forel kabi yog‘li baliqlar — omega-3 yog‘ kislotasiga juda boy. Omega-3ni organizmning o‘zi ishlab chiqarmaydi va u iste’mol qilingan oziq-ovqatlardan olinadi. Inson organizmi uchun uning ahamiyati juda muhim bo‘lib, hatto yurak xastaligi va insultning oldini ham oladi.

Tozalangan uglevodlar yuqori bo‘lgan va butun donlar past bo‘lgan parhez sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

Manba: internet tarmoqlari materiallaridan 

Опубликовано: admin (16-02-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют