» » Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 60 mlrd so‘mlik mahsulotlar yaroqsiz deb topilgan

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 60 mlrd so‘mlik mahsulotlar yaroqsiz deb topilgan


“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida  sertifikatlashtirish jarayonlari natijasida jami 60 milliard 270 million 604 ming so‘mlik mahsulotlarning yaroqsizligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda agentlik “Daryo”ga xabar berdi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, yaroqsiz deb topilgan import mahsulotlarining qiymati 33 milliard 802 million 745 ming so‘mni tashkil qildi.

Ayrim mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan  ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan 23 milliard 652 million 537 ming so‘mlik qiymatidagi mahsulotlari inspeksiya nazorati natijasida yaroqsiz bo‘lib chiqdi.

Yaroqsiz deb topilgan import mahsulotlari davlatlar kesimida tahlil qilinganida, Xitoy (13 mlrd 731 mln 674 ming so‘mlik mashinasozlik, elektrotexnika mahsulotlari), Rossiya (11 mlrd 762 mln 803 ming so‘mlik mashinasozlik va oziq-ovqat mahsulotlari) va Hindiston (4 mlrd 110 mln 255 ming so‘mlik dori vositalari) davlatlarining mahsulotlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu yaroqsiz deb topilgan mahsulotlarning asosiy qismi mashinasozlik va metall mahsulotlari (39 mlrd 587 mln 372 ming so‘mlik), jumladan, Xitoydan keltirilgan bug‘ qozoni (kotyol parovoy) chidamliligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi, yo‘lovchi lift uskunasi texnik reglamentda keltirilgan xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nomuvofiqligi aniqlangan.

Shuningdek O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan isitish qozoni sifatini tasdiqlovchi hujjatlar va sanitariya epidemiologiya organlarining ruxsatnomasi bo‘lmaganligi va yo‘lovchi lift uskunasi texnik reglamentlarda belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermaganligi tufayli yaroqsiz deb topilgan.

Dori va dori vositalari (17 mlrd 177 mln 776 ming so‘mlik), jumladan, Hindistondan keltirilgan rebabraun liofilizirovanniy 20 mg dori vositasi ph ko‘rsatkichi bo‘yicha va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tibbiyot dokasi (marlya meditsinskaya) xlorli tuzlarning massaviy ulushi, sulfat kislotasi tuzlarining massa ulushi ko‘rsatkichlari bo‘yicha me’yoriy hujjat talablariga javob bermasligi;

Oziq-ovqat mahsulotlari (3 mlrd 323 mln 337 ming so‘mlik), xususan, Gruziyadan keltirilgan tozalanmagan funduk yong‘og‘i va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan non va bulka mahsulotlari namligi bo‘yicha me’yoriy hujjat talablariga nomuvofiqligi aniqlanib, iste’molga yaroqsiz deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют