» » Toshkentdagi muz arenasini yil oxirigacha ochishmoqchi. “O‘zbekneftgaz” operatordan ulush sotib olmoqchi

Toshkentdagi muz arenasini yil oxirigacha ochishmoqchi. “O‘zbekneftgaz” operatordan ulush sotib olmoqchi


Toshkentda muz arenasini yil oxirigacha ochish rejalashtirilmoqda, deb yozadi Spot muhokama uchun e’lon qilingan hujjat loyihasiga tayanib.

Qurilish bilan Wind Rose MChJ buyurtmachi tashkilot shug‘ullanmoqda. “O‘zbekneftgaz” ushbu kompaniyani qurilish tugaganidan keyin arenadan foydalanish bilan shug‘ullanishi uchun majmua operatori sifatida qoldirishni taklif qilmoqda.

Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz” Wind Rose MChJ ustav kapitaliga ulushni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish yoki boshqa investorlar bilan qo‘shma korxona tashkil qilish yo‘li bilan kirmoqchi (o‘zi yoki bo‘linmasi orqali).

Shundan keyin “O‘zbekneftgaz” boshqaruv raisining sportni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy qilish rejalashtirilmoqda, u arena ishini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Shu bosqichda arenani boshqaradigan xalqaro darajadagi mutaxassislarni jalb etish masalasini ishlab chiqish ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют