O‘zbekistonda sirtqi ta’limga 135 ming abituriyent hujjat topshirdi
52 ta oliy ta’lim muassasasining sirtqi bo‘limiga 135 ming 280 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Tanlov ko‘rsatkichi respublika bo‘yicha bir o‘ringa o‘rtacha 10 tani tashkil qildi, deya O‘zA xabar bermoqda.
Quyidagi oliy ta’lim muassasalariga eng ko‘p hujjat topshirilgan:
Andijon davlat universiteti — 8181 nafar;
Samarqand davlat universiteti — 7776 nafar;
Qarshi davlat universiteti — 7725 nafar.
Eng katta tanlov quyidagi oliy ta’lim muassasalarida qayd etildi:
Toshkent davlat pedagogika universiteti — bir o‘ringa 24,1;
Andijon, Qarshi, Farg‘ona davlat universitetlari, Qo‘qon davlat pedagogika instituti — bir o‘ringa 17;
Jizzax davlat pedagogika instituti — bir o‘ringa 16.
Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoni bilan oliy ta’lim muassasalari uchun 2018—2019-o‘quv yilida sirtqi ta’lim shaklida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha jami 14 ming 50 ta qabul kvotalari tasdiqlangan.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
