» » Andijonda elektr energiyasidan qarzi bo‘lgan fuqaro MIB xodimini pichoqladi

Andijonda elektr energiyasidan qarzi bo‘lgan fuqaro MIB xodimini pichoqladi


2018-yil 19-iyul kuni Andijonda elektr energiyasidan qarzi bo‘lgan fuqaro MIB xodimini pichoqlagan.  Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda, deb yozmoqda O‘zA.

2018-yilning 19-iyul kuni Majburiy ijro byurosining Andijon viloyati Andijon tuman bo‘limi xodimlari Y.O.ning elektr energiyasidan 650 ming so‘mlik qarzi borligi talabnoma rasmiylashtirgan. Y.O. talabnomaning bir nusxasiga imzo chekishdan bosh tortib, janjal ko‘targan. Byuro xodimi Bahrom Hakimqulov talabnomani rasmiylashtirayotganidan foydalanib, Y.O. oshxonasidan pichoq ko‘tarib chiqib, davlat inspektorining qorin hamda bel qismiga ikki marta pichoq urgan. Hakimqulovning hamkasbi Azimov unga yordamga kelgan va himoya qilishga harakat qilgan.

Y.O. 27 yoshda, oilali, 2 nafar farzandning otasi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

2018-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining 96 nafar xodimiga xizmat vazifasini o‘tash vaqtida tajovuz qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют