» » Jizzaxda 1 kishining o‘limi va 3 kishining og‘ir jarohat olishiga sababchi bo‘lgan haydovchi jazolandi

Jizzaxda 1 kishining o‘limi va 3 kishining og‘ir jarohat olishiga sababchi bo‘lgan haydovchi jazolandi


Jizzaxda 1 kishining o‘limi va 3 kishining og‘ir tan jarohati olishiga sababchi bo‘lgan haydovchi jazoga tortildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

2018-yil 19-mart kuni soat 13:50 larda B.X Nexia avtomashinasida Jizzax shaharda tartibga solinmagan aylanma chorrahaga kirib kelishda o‘ziga nisbatan o‘ng tomondan kelayotgan ZIL-138 yuk mashinasiga yo‘l bermagan. Oqibatda mashinalar to‘qnashgan. Nexia’ning yo‘lovchilaridan biri og‘ir tan jarohati olib, RSHTYOIMning Jizzax viloyat filialida vafot etgan. Yana 2 kishi hayot uchun xavfli tan jarohati va bir kishi o‘rtacha og‘ir shikastlanish olgan.

B.X ushbu harakatlari bilan JK 266-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2018-yil 13-iyul kungi hukmiga asosan B.X.ga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют