» » Venesuela rasmiylari Oq uy ko‘rsatmalariga ergashish niyatida emas

Venesuela rasmiylari Oq uy ko‘rsatmalariga ergashish niyatida emas


Venesuela AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakat ichki ishlariga aralashishini qoralaydi va Oq uy ko‘rsatmalariga ergashish niyatida emas. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Delsi Rodriges ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Venesuela mamlakatimizga ko‘rsatma berishga urinayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp aralashuvi va tajovuzini inkor etadi”, — deyiladi siyosatchi tomonidan Twitter’da qoldirilgan xabarda.

Vazir shu tariqa Trampning o‘tgan yil 13 yil va 9 oyga ozodlikdan mahrum etilgan Venesuela muxolifati yetakchisi Leopoldo Lopesni ozod qilish haqidagi talabiga munosabat bildirdi.

AQSh prezidenti 15-fevral, chorshanba kuni Oq uyda Lopesning rafiqasi — Lilian Tintori bilan uchrashdi. Shundan so‘ng u Venesuela rasmiylaridan muxolifat yetakchisini zudlik bilan ozod etishni talab qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют