» » Andijonda “Elektr tarmoqlari korxonasi” boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkordan 500 dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi

Andijonda “Elektr tarmoqlari korxonasi” boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkordan 500 dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Shahrixon tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ariza muallifi bo‘lgan tadbirkorga tegishli 470 dona elektr hisoblagich tegishli sertifikati bo‘lmagani uchun MIB xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan. Asaka tumani “Elektr tarmoqlari korxonasi” boshlig‘i o‘rinbosari A.A. tadbirkorga 500 AQSh dollari evaziga byuro tizimida ishlovchi tanishlari orqali elektr hisoblagichlarni unga qaytarib berishini aytgan.

A.A. kelishilgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют