» » Namanganda kriminalist-psixolog maxsus avtomobili faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Namanganda kriminalist-psixolog maxsus avtomobili faoliyati yo‘lga qo‘yildi


Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasida respublikada ilk bor kriminalist-psixolog maxsus avtomobili faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yil 27-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektorda ichki ishlar organlarida psixologlar xizmatiga ehtiyoj sezilayotganligi ta’kidlanib, ularning xizmatidan samarali foydalanish yuzasidan vazifalar belgilangandi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida tizimda kriminalist-psixolog faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Maxsus avtomobildagi shaxsiy tarkib jinoyat joyiga zudlik bilan yetib borib, hodisa sodir bo‘lgan hududdagi fuqarolar, jabrlanuvchi va gumonlanuvchilarni psixologik jihatdan o‘rganadi. Buning uchun mashinada barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda aniq diagnostik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Hozirda kriminalist-psixolog maxsus avtomashinasidan, xususan, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi faoliyatida keng foydalanilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют