» » “Chelsi” 80 million yevroga Kepani sotib oldi. U futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon

“Chelsi” 80 million yevroga Kepani sotib oldi. U futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon


“Atletik Bilbao” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini Londonning “Chelsi” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda bilbaoliklar rasmiy sayti ma’lum qildi.

Londonliklar Kepa uchun 80 million yevro to‘ladi. Aynan shuncha mablag‘ uning shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatilgan edi.

Shu tariqa Kepa futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylandi. Bundan avvalgi rekord yaqindagina “Roma”dan “Liverpul” safiga o‘tgan Alissonga tegishli edi. Braziliyalik uchun “mersisaydliklar” 62,5 million yevro to‘lagandi.

Ma’lumot uchun Madridning “Real” klubi Kepa uchun yanvar oyida 20 million yevro taklif qilgan, biroq “Atletik” bunga rad javobini bergandi.

Londonliklarning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua esa “Real”ga o‘tishi kutilmqoda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют