» » Toshkentda 70 yoshli otaxon xotini va qiziga pichoq bilan jarohat yetkazdi

Toshkentda 70 yoshli otaxon xotini va qiziga pichoq bilan jarohat yetkazdi


Toshkent shahrida 67 yoshli M.Nargiza va uning 40 yoshli qiziga pichoq bilan jarohat yetkazish ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Nargizaning turmush o‘rtog‘i — 70 yoshli M.Sodiqjon ushbu jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jabrlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning 3-avgust kuni Sodiqjon mast holda uyga kelib, janjal ko‘targan. Buning oqibatida pichoq bilan avval rafiqasiga, keyin onasini himoya qilmoqchi bo‘lgan qiziga zarba bergan. Ona va bola shifoxona yotqizildi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning ahvoli qoniqarli darajada.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud ayblanuvchiga nisbatan o‘g‘ilning kafilligini inobatga olib, qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasini qo‘lladi.

Surishtiruv va tergov jarayonida ushbu oilada sodir bo‘lgan jinoyatning asl sabablarini aniqlash va bunday holat boshqa takrorlanmasligi choralari ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют