» » Maduro uni o‘ldirish uchun 50 million dollar taklif etilganligini ma’lum qildi

Maduro uni o‘ldirish uchun 50 million dollar taklif etilganligini ma’lum qildi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga nisbatan suiqasd uyushtirganlik uchun tashkilotchilar 50 million dollar olishi lozim edi. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning o‘zi Telesur milliy telekanali efirida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Maduroning so‘zlariga qaraganda, suiqasd uyushtirish haqidagi g‘oya Venesuelada 2017-yilgi tartibsizliklar tashkilotchilari va qatnashchilari tomonidan bildirilgan.

“Hujumda ishtirok etganlarga 50 million dollar va AQShda yashash taklif etilgan”, — dedi Maduro.

Prezident Kolumbiyada yashovchi muxolifat yetakchisi Xulio Borxesni hujumning asosiy buyurtmachisi deb atadi. Shu tariqa Venesuela yetakchisi Kolumbiyaning yuz bergan hodisaga aloqadorligini yana bir bor ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют