» » Indoneziyada 15 yil g‘orda saqlangan ayol qutqarildi

Indoneziyada 15 yil g‘orda saqlangan ayol qutqarildi


Indoneziyaning Sulavesi orolida qishloq shamani 13 yoshida o‘g‘irlab ketgan qizni 15 yil davomida g‘orda saqlab kelgan. 28 yoshli jabrlanuvchini politsiya xodimlari ozod qildi, deb yozadi “Liga.Novosti”.

83 yoshli erkak 15 yil avval qizcha “jin”ga yo‘liqqanligini ta’kidlab, uni o‘g‘irlab ketgan va o‘n yil davomida zo‘rlab kelgan. Mahalliy OAVlariga ko‘ra, Yago ismli erkak tabib sifatida mashhur bo‘lgan, u qora sehr-jodu bilan shug‘ullangan.

2003-yilda 13 qoshli qizning oilasi uni “davolash” uchun tabibga keltirgan. Qiz bir muddat u bilan yashab, keyin g‘oyib bo‘lgan.

Yago qiz ishga kirish uchun Jakartaga ketganligiga oilani ishontirgan. Qizning qarindoshlari bir necha yil davomida uni topishga uringan, shundan so‘ng u bedarak yo‘qolgan deb tan olingan.

Erkak aybdor deb topilsa, u 15 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют