» » Maxsum Mahmudov yana UNICON.UZ markaziga rahbar etib tayinlandi

Maxsum Mahmudov yana UNICON.UZ markaziga rahbar etib tayinlandi


Maxsum Mubashirovich Mahmudov yana UNICON ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi direktori etib tayinlandi, deb yozadi “Gazeta.uz” Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tayanib.

Bugungi kungacha markaz direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida Rustamjon Raimjonov ishlab kelayotgan edi.

Maxsum Mahmudov (1964-yilda tug‘ilgan) 1986-yilda Novosibirsk aloqa elektrotexnika institutini, 1996-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Iqtisodiyot magistri, texnika fanlari nomzodi (2006).

2004—2010-yillarda UNICON.UZ’ga rahbarlik qilgan. 2010—2012-yillarda “O‘zbektelekom” bosh direktori bo‘lib ishlagan, 2012—2015-yillarda esa Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (hozirgi AKT vazirligi) raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Joriy tayinlovga qadar 2015-yildan beri O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazini boshqarib kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют