» » Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Erdo‘g‘on bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Erdo‘g‘on bilan muloqot qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotda davlat rahbarlari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etgan.

O‘tgan yil oktabr oyida O‘zbekiston Prezidentining Turkiyaga va 2018-yil aprel oyi oxiri — may oyi boshida Turkiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashriflari ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarib, aniq amaliy mazmun bilan boyitgani alohida ta’kidlangan.

“Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning tomonlarni qiziqtirgan dolzarb masalalarini muhoqama qildilar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini, keng ko‘lamli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют