» » Test sinovlarining birinchi haftasida salkam 12 ming abituriyent imtihonga kelmadi

Test sinovlarining birinchi haftasida salkam 12 ming abituriyent imtihonga kelmadi


O‘zbekistonda 1-avgustdan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Test sinovlari 15 avgustga qadar davom etadi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook’dagi sahifasida imtihonlarning birinchi haftasi — 1—7-avgust kunlariga doir asosiy ko‘rsatkichlar aks etgan jadvalni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 1—7-avgust kunlari davomida 405 736 nafar abituriyent test sinovlarini topshirib bo‘lgan. Ayni vaqtda, 11 927 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra imtihonlarga kelmagan, 887 nafar abituriyent esa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygani uchun imtihonlardan chetlatilgan.

Ma’lumot uchun, bu yil oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun 675 049 nafar abituriyent hujjat topshirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют