» » Toshkent hayvonot bog‘i oldiga o‘rnatilgan radar olti soatda 134 nafar qoidabuzar haydovchini aniqladi

Toshkent hayvonot bog‘i oldiga o‘rnatilgan radar olti soatda 134 nafar qoidabuzar haydovchini aniqladi


Toshkent halqa avtomobil yo‘lining Yunusobod tumanidan o‘tgan bo‘lagiga 8-avgust kuni o‘rnatilgan ko‘chma (mobil) radar uch yarim soat ichida tezlikni me’yordan oshirgan 112 ta transport vositasini aniqladi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ushbu bo‘lakda ruxsat etilgan eng yuqori tezlik 70 kilometrni tashkil etadi.

Shu kuni Toshkent hayvonot bog‘i oldidan o‘tgan Bog‘ishamol ko‘chasining ruxsat etilgan eng yuqori tezlik 50 kilometrni tashkil etuvchi bo‘lagiga ham mobil radar o‘rnatilgan. Radar bu yerda olti soat davomida 134 ta qoidabuzarlikni aniqlagan. “Haydovchilar maxsus o‘rnatilgan ‘Diqqat, radar!’ belgisiga parvo ham qilmadi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

“Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, qoidabuzar haydovchilar jarima haqidagi qarorlarni pochta orqali qabul qilib olishadi”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB axborotida.

Eslatib o‘tamiz, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi (masalan, 50 tezlik ruxsat berilgan joyda 69 tezlik bilan harakatlanish) eng kam ish haqining bir baravari (8 avgust holatiga ko‘ra — 184 300 so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Ayni vaqtda, belgilangan harakat tezligini 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oshirib yuborish (masalan, 50 tezlik ruxsat etilgan joyda soatiga 79 kilometr tezlik bilan harakatlanish) esa eng kam ish haqining besh baravari (8 avgust holatiga ko‘ra — 921 500 so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Tezlik qancha yuqori bo‘lsa, jarima ham shuncha katta. Boz ustiga, haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lish ehtimoli ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют