» » Rasman: Tibo Kurtua “Real”, Mateo Kovachich esa “Chelsi” futbolchisiga aylandi

Rasman: Tibo Kurtua “Real”, Mateo Kovachich esa “Chelsi” futbolchisiga aylandi


“Chelsi” va “Real” klublari Tibo Kurtua transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda londonliklar rasmiy sayti ma’lum qildi.

Belgiyalik darvozabon bugun Madridda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va “Santyago Bernabeu”da tanishtiriladi.

Kurtua “Real” bilan 6 yillik shartnomaga imzo chekadi. Londonliklar mazkur transferdan 40 million yevro atrofidagi mablag‘ga ega bo‘ladi.

“Chelsi”, shuningdek, “Real”ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Mateo Kovachichni bir yilga ijaraga oldi.

Ma’lumot uchun Kurtua “Chelsi”ga 2011-yilda “Genk”dan kelib qo‘shilgan edi. 3 mavsumni esa ijara asosida “Atletiko Madrid” klubida o‘tkazgan. London klubi safidagi debyutini esa APLning 2014/15-yilgi mavsumida nishonlagan.

Tibo “Chelsi” bilan Angliyada 4 ta sovrin — 2 marta Angliya chempionligi, 1 martadan Angliya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritishga erishgan.

“Real” esa Mateo Kovachichni 2015-yilda “Inter”dan sotib olgan edi. Bu vaqtda xorvat madridliklar bilan 9 ta sovrin yutishga erishdi. Ammo asosiy tarkib o‘yinchisiga aylana olmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют