» » Toshkentda bitta radar 3,5 soat ichida tezlikni oshirgan 112 ta transport vositasini aniqladi

Toshkentda bitta radar 3,5 soat ichida tezlikni oshirgan 112 ta transport vositasini aniqladi


Ushbu ko‘rsatkich 8-avgust kuni Yunusobod tumanidagi Toshkent avtomobil halqa yo‘lida o‘rnatilgan radar qurilmasi yordamida ro‘yxatga olingan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur yo‘lda ruxsat etilgan tezlik soatiga 70 kilometrdan iborat.

Toshkent shahar IIBB tomonidan tezlikni belgilangan me’yordan oshirish qonunan ta’qiqlanishi haqidagi ogohlantirishlarga qaramay ko‘pchilik haydovchilar hamon yo‘llarda o‘zboshimchalik bilan tezlikni oshirib, harakat xavfsizligi qoidalarini buzib kelmoqda.

Shuningdek, ruxsat yetilgan tezlik soatiga 50 kilometrni tashkil etuvchi belgi o‘rnatilgan “Bog‘ishamol” ko‘chasida 6 soat ichida 134 ta transport vositasi tezlikni me’yordan oshirib harakatlangan.

Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibga binoan haydovchilarga pochta orqali yuboriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют