» » Bred Pitt Anjelina Jolining aliment bo‘yicha shikoyatlariga javoban, unga 9 mln dollar to‘laganini aytdi

Bred Pitt Anjelina Jolining aliment bo‘yicha shikoyatlariga javoban, unga 9 mln dollar to‘laganini aytdi


Gollivudning eng mashhur kinoaktyorlaridan biri Bred Pitt sobiq xotini Anjelina Joliga ajrashuv ishi doirasida 9 million dollardan ortiq mablag‘ to‘laganini aytdi, deb yozadi “MK.ru”.

Buni Pitt Jolining aliment haqidagi da’volariga javoban aytib o‘tdi. Sudda u ajrashuvdan keyin Pitt unga va bolalariga “hech qanday ahamiyatli summa”ni  to‘lamaganini ta’kidlagan edi.

“Bugungi kundagi ish holatiga ko‘ra, javobgar ajrashgan vaqtidan buyon da’vogar bilan umumiy farzandlari tarbiyasi uchun to‘la-to‘kis moliyaviy mablag‘larni to‘lamagan. O‘tgan 1,5 yil mobaynida u xarajatlar haqidagi norasmiy kelishuvni nomuntazam bajarib kelgan… Shu sababli Joli bolalarni boqishni ta’minlash bo‘yicha sud orderini olmoqchi”, — dedi Anjelina Jolining advokati Samanta Bley Dejin.

Aktyorning huquqshunoslari Jolining tomonini sud jarayonini matbuotda yortiish orqali manipulyatsiya qilishda aybladi, shuningdek, ularning mijozi go‘yoki sobiq xotiniga u hozir yashayotgan uyni sotib olish uchun 8 million dollar qarz berib turgani, bundan tashqari, Joli va farzandlarining 1,3 million dollarlik hisoblarini to‘laganini aytdi.

Avvalroq Anjelina Joli sud orqali sobiq eri Bred Pittdan bolalarni boqish uchun “yetarlicha pul” talab qilayotgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют