» » Toshkent IIBB transportning shovqin darajasi me’yorini belgilashni taklif etmoqda

Toshkent IIBB transportning shovqin darajasi me’yorini belgilashni taklif etmoqda


Toshkent shahar IIBB transport vositalari chiqaruvchi shovqin darajasining me’yorlarini belgilash haqida taklif ishlab chiqdi. Bu haqda boshqarma sayti ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Qaror poytaxt aholisining tunda mototsikllar chiqaradigan shovqini ustidan tushgan shikoyatlari sababli qabul qilindi.

O‘zbekiston qonunchiligida ishlab turgan paytda shovqin darajasi belgilangan me’yordan oshuvchi transport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar javobgarligi ko‘zda tutilgan. Buning uchun jarima EKIHning 0,5 baravaridan 3 baravarigachadir. Biroq transport vositalari chiqaruvchi shovqin darajasi me’yori belgilangan normativ hujjat yo‘q.

IIBB rahbari Rustam Mirzayev tashabbusi bilan xalqaro tajriba o‘rganib chiqildi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirligiga transport vositalari shovqin darajasi me’yorini belgilab beruvchi hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha taklif kiritildi.

Oxirgi haftalarda Toshkent ko‘chalarini patrul qiluvchi huquq-tartibot organlari xodimlari mototsikl egalariga e’tiborni kuchaytirdi. Ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют